Tumanda aholi bandligini ta'minlash maqsadida ishsiz fuqarolarga 10 grammdan qurt urug'lari tarqatilib, 7000 nafar pillakor fuqarolar bandligi ta'minlanadi. Bu haqda "O'zbekipaksanoat" uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Tuman hokimi, viloyat “Agropilla” MChJ rahbari Lobarxon Yaminovalar Ipak qurti boqish istagini bildirgan fuqarolar bilan muloqotda bo'lib, ularning mehnati hamisha ardoqlanishini ta'kidladi.
Shuningdek, pilla yetishtiruvchilarga pul mablag'lari avans tariqasida berildi.
Ma'lumot uchun: joriy yil tumanda 140 ta fermer xo'jaligi bilan shartnoma qilingan bo'lib, 3349 quti qurt urug'i parvarishlandi, 191 tonna “kumush tola” hosilini olish rejalashtirilgan.