2019 yilda amalga oshirilgan murakkab va xatarli operatsiya Tashqi ishlar vazirligi, maxsus xizmatlar va boshqa idoralarning birgalikda amalga oshirgan harakatlari natijasi bo'lgan edi. Fil`mda turli vaziyatlar tufayli Suriyaga borib qolgan insonlar taqdiri, oilalar tarixiga asosiy urg'u beriladi. Fil`mda voqealar parallel rivojlana boradi. YOsh fel`dsher yigit, erini orqasidan borishga majbur bo'lgan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli o'spirin yigitcha...
Fil`m prodyuseri - Rustam Sa'diev. Hozirda ushbu rejissyor «Baron-2» fil`midagi ishlarini yakunlash arafasida. Ayni paytda "Tutuqunlik "fil`mining suratga olishga faol tayyorgarlik ko'rilmoqda. Rejissyorlik stsenariysi va aktyorlar tanlovi boshlangan. Pandemiya va u bilan bog'liq cheklovlar kino ishlab chiqarish jarayoniga o'z tuzatishlarini kiritdi, albatta. Fil`mni butunlay O'zbekiston hududida suratga olishga qaror qilindi, ya'ni barcha Suriyadagi jang sahnalari mamlakatimizda suratga olinadi. Bu loyiha fil`m ijodiy jamoasi uchun jiddiy tajriba va sinov vazifasini o'taydi. Fil`m ustida ishlash 2021 yilning birinchi yarmida yakunlanishi kutilmoqda.
«YAqin SHarqdagi harbiy mojarolar zonasidan o'z fuqarolarini qutqarishga jazm qilgan davlatlar sanoqli. Bu albatta, kinoda aks ettirilishi kerak bo'lgan tariximizdagi ajoyib voqea», - deya fikr bildirdi rejisser Rashid Malikov.
"O'zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati