“Manbalar hujum nishoni Suriyaning g'arbiy Al-Hasaka viloyatidagi Kasruk tumanidagi AQSh harbiy bazasi bo'lganini aytdi”, deyiladi xabarda.
22-iyun, yakshanbaga o'tar kechasi AQSh Eronning Natanz, Fordo va Isfaxondagi uchta yadroviy obyektiga zarba berdi.
Bu Isroil va Eron o'rtasidagi mojaro avj olganidan bir hafta o'tib sodir bo'ldi.
13-iyunga o'tar kechasi SAXAL Eronga qarshi keng ko'lamli operatsiya boshladi. Tel-Aviv Tehronni maxfiy yadro dasturini amalga oshirishda aybladi. Hujumlarda Eronning yuqori martabali harbiy xizmatchilari va yadro olimlari halok bo'ldi. Eron Islom Respublikasi dushmanning harbiy nishonlariga hujum qilish uchun “Haqiqiy va'da 3” javob operatsiyasini boshladi. Tomonlar kuniga bir necha marta zarbalar berib kelmoqda.
AQSh Prezidenti Donald Tramp hujumdan maqsad Tehronning yadroviy salohiyatini cheklash ekanini aytdi va uranni boyitish bo'yicha asosiy obyektlar butunlay vayron qilinganini da'vo qilmoqda.
Pentagonning ta'kidlashicha, zarbalarning yakuniy natijasini baholash uchun vaqt kerak bo'ladi.
AQSh Eronni tinchlikka chaqirmoqda, ammo tungi hujumga javob berilgan taqdirda yana zarbalar berish bilan tahdid qilmoqda.
Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tehron o'z manfaatlarini o'zini muhofaza qilish huquqi asosida saqlab qolayotganini aytdi, deb xabar beradi ria.ru.