Mehr va eʼtiborning amaldagi namunasi

    Maʼlumki, kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi.

    Davlatimiz rahbarining tashrifidan soʻng, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yoʻldoshev ushbu mehribonlik uyida boʻldi

    Mazkur muassasa tarbiyalanuvchisi I. Rahimjonovga Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutning Teatr sanʼati fakulteti “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” taʼlim yoʻnalishiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi sertifikat, talabalik guvohnomasi, kitoblar jamlanmasi, zamonaviy planshet va qimmatbaho sovgʻalarni topshirildi.