“Mehribonlik”liklar oʻz oqsoqolini saylab oldi

    Mamlakatimizda shu yilning 1-mayidan boshlab fuqarolar yigʻinlari (mahallalar) raislarining saylovi boʻlib oʻtmoqda.

    Saylovlar mamlakatning 9542 ta mahallasini (taxminan 10 mingdan) qamrab olib, may-iyul oylarida davom etadi.

    Eslatib oʻtamiz, “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda mahalla raislari 5-yilga (ilgari — 3-yilga) saylanadi.

    Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining bergan maʼlumotlariga koʻra, bugun 6-may kuni respublika hududidagi 183 ta tuman (shahar)larning 331 ta mahallasida saylovlar oʻtkazildi.

    Jumladan, Namangan shahridagi Mehribonlik MFY aholisi ham oʻz oqsoqolini saylab oldi.

    5100 ta aholi istiqomat qiladigan mahallaning ovoz berish huquqiga ega boʻlgan 387 nafar aholi vakili (delegati)dan 279 nafari ishtirok etdi.

    Ovoz berish yakuni boʻyicha Maʼsumjon Kamolov mahalla raisi etib saylandi.

    Kamolov shu kunga qadar ham shu mahallada rais lavozimida faoliyat olib borayotgandi.