Mehrli qo'llar mehr ulashmoqda

    Insonlarga mehr ulashish, ularga bir lahzalik shodlik baxsh etish insoniylikning oliy ko'rinishidir, shu boisdan barchani bir-biriga mehrli bo'lishi tilakdoshimiz.

    3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida respublikamizda keng nishonlanishi, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʻlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, imkoniyati cheklanganlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir. Ushbu kun munosabati bilan joriy yilning 26-noyabr kuni Olmazor tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 36-sonli yordamchi maktab oʻquvchilari uchun Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda Mehrli qoʻllar mehr ulashmoqda shiori ostida tadbir tashkil etildi.

    Tadbirda Bojxona institutining bir guruh tashabbuskor kursantlari va xodimlari ishtirok etib, oʻquvchilarning koʻnglini koʻtaruvchi sheʼriy va musiqali chiqishlari bilan ishtirok etib, uchrashuv bayramona tarzda boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida maktab oʻquvchilariga oʻquv qurollari va esdalik sovgʻalari tuhfa etildi. Maktab oʻquvchilari tomonidan ijro qilingan kuy-qoʻshiqlar, davraga koʻtarinki rux va oʻzgacha zavq bagʻishladi. Ushbu tadbirning Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida nishonlanishi unga oʻzgacha maʼno va shuur bagʻishlaydi.

    Zero, bosh Qomusimiz boʻlmish Konstitutsiyamiz bizning barcha huquqlarimizning kafolati boʻlsa, Davlat dasturi doirasida esa, bolalarning, shu jumladan, imkoniyati cheklanganlar ijtimoiy himoyasi yana-da kengaydi va mustahkamlandi. Insonlarga mehr ulashish, ularga bir lahzalik shodlik baxsh etish insoniylikning oliy koʻrinishidir, shu boisdan barchani bir-biriga mehrli boʻlishi tilakdoshimiz.