Meksika harbiy-dengiz kuchlari vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida kamida uch kishi halok bo'ldi

    Tinch okeaniga vertolyotning qulab tushishi oqibatida Meksika harbiy-dengiz kuchlarining kamida uch nafar a'zosi halok bo'ldi, ikki nafari bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda mamlakat harbiy-dengiz kuchlari tomonidan tarqatilgan press-relizda aytilgan.

    Qayd etilishicha, hodisa Lasaro Kardenasdan (Michoakan shtati) 370 kilometr janubi-g'arbda sodir bo'lgan. Vertolyot bortida jami sakkiz kishi bo'lgan, uch nafari qutqarib olingan. Voqea sabablari hozircha noma'lum, deb xabar beradi report.az.