Hodisa Mexiko shahri g'arbidagi Mazamitla shahridagi Camino Real del Tigre hayvonot bog'ida yuz berdi. Veterinar Alexandra Mora yo'lbarsni tekshirayotganda, yirtqich to'satdan unga hujum qildi: u uning kurtkasini ushlab, tishlarini bo'yniga sanchmoqchi bo'ldi.
Yaxshiyamki, veterinarning hamkasbi uni o'z vaqtida qutqarib qoldi, yo'lbarsni tortib oldi. Keyinroq hayvonot bog'i rasmiy bayonot berib, Alexandra va hayvonning ahvoli yaxshi ekanini tasdiqladi.
Ayolning o'zi yo'lbars uning kamuflyaj rasmli kurtkasiga qiziqib, shunchaki “o'ynamoqchi bo'lganini” tushuntirdi. Veterinar barcha qayg'urganlarga minnatdorchilik bildirdi va u chindan ham jarohatlanmaganini ta'kidladi.
Hayvonot bog'i vakili xodimlar va tashrif buyuruvchilar xavfsizligi ustuvor bo'lib qolishini aytdi, deb xabar berdi gazeta.ru.









