«Konsullik boʻlimi Meksika-AQSH chegarasi orqali AQSH hududiga kirish bilan bogʻliq savollarni qabul qilmoqda.
AQSH elchixonasi, noqonuniy yoʻl bilan AQSH hududiga kirishga urinayotgan shaxslarni oʻz hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qoʻyishlari haqida ogohlantiradi. Noqonuniy yoʻl orqali AQSHga kelish hech qachon xavfsiz boʻlmagan.
Migrantlarni AQSHga xavf-xatarlar ostida noqonuniy tarzda migratsiya qilishdan koʻra, hududga kirishning qonuniy yoʻllarini izlab topishlariga chorlab qolamiz», - deyiladi AQSHning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi bayonotida.