AQSH Ichki xavfsizlik departamenti Davlat departamentini xabardor qilishicha, hozirdan boshlab AQSH-Meksika chegarasi orqali AQSHga noqonuniy kirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari AQSHga qoʻyib yuborilmaydi, buning oʻrniga ular bilan bogʻliq immigratsiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi.
AQSH Qoʻshma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatdan chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.
AQSH-Meksika chegarasi orqali AQSHga noqonuniy migratsiya xavfli va qimmatdir. Kontrabandachilarning yolgʻon vaʼdalariga uchmang. Amerika Qoʻshma Shtatlariga sayohat qilish uchun xavfsiz va qonuniy vositalardan foydalaning.
AQSH chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila aʼzolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.
Amerika Qoʻshma Shtatlari xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida chet ellik hamkorlar bilan faoliyat olib boradi hamda Qoʻshma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan barcha noqonuniy kiruvchilar va fuqaroligi boʻlmaganlarni immigratsiya qonunchiligi (Title 8) vakolati ostida tezda mamlakatdan chiqarib yuboradi.