Shuningdek, odamning ushbu gripp virusiga chalingani laboratoriya tomonidan tasdiqlangan birinchi holatidir.

Qayd etilishicha, erkakda aprel oyida kasallik belgilari paydo bo'lgan. Uning isitmasi ko'tarilgan, nafas olishi qiyinlashgan, ich ketishi, ko'ngil aynishi va umumiy holsizlik bor edi.

Bir necha kundan keyin bemor shifokorlarga murojaat qildi va kasalxonaga yotqizildi. Bemorni saqlab qolishning iloji bo'lmadi: kasalxonada o'sha kuni u asoratlar tufayli vafot etdi.

Shuningdek, erkak parranda grippi belgilari paydo bo'lishidan oldin ham boshqa sabablarga ko'ra to'shakka mixlangani qayd etilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.