Hodisa Xalisko shtatida joylashgan Autlan-de-Navarroda sodir bo'ldi. Ko'chkiga mintaqada dushanba kuni yoqqan kuchli yomg'ir sabab bo'ldi. Voqea sodir bo'lgan hududda o'nlab uylar vayron bo'ldi, bir qancha yo'llar to'silgan.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va bedarak yo'qolganlarni qidirishda hamkasblariga yordam berish uchun Meksikaning boshqa mintaqalaridan qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib kelishmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.