“Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 45 kishi halok bo'ldi, 47 kishi bedarak yo'qoldi”, — dedi Gerrero shtati gubernatori Evelin Salgado.
Meksika Tashqi ishlar vazirligi dushanba kunigacha Yevropa va Amerikaning to'qqizta davlatidan kelgan 263 nafar xorijlikni Akapulkodan xavfsiz joyga olib chiqilganini ma'lum qildi. Hukumat avvalroq boshqa davlatlarning o'n nafar fuqarosi bedarak yo'qolganligi haqida xabar bergan edi.
Hukumat ma'lumotlariga ko'ra, Gerrero shtatida, jumladan, kurort shahar Akapulkoda 600 ta mehmonxona, 273 mingdan ortiq turar-joy binosi va 120 ta kasalxona va poliklinika zarar ko'rgan. 200 mingdan ortiq kishi elektr ta'minotisiz qolyapti. Harbiylar xavfli hududlardan aholi va sayyohlarni evakuatsiya qilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.