Tomonlar huquqiy sohadagi xalqaro hamkorlikning muhimligini inobatga olgan holda, notarial harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha huquqiy munosabatlarni va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, tomonlarning oʻzaro faoliyatlarini hamda uni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish borasida oʻzaro anglashuvga erishdilar.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi D.Ashurov, Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari E.Hamrayev va boshqalar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga davlat huquqiy xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish bugungi kun talabi ekanligini taʼkidladilar.












