Memorandum tomonlarga yuklangan vazifalarni sifatli va mahoratli bajarilishini taʼminlaydi

    Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʼl harakati xavfsizligi xizmati oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida Memorandum imzolandi.

    Memorandumdan koʼzlangan maqsad tomonlar oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik munosabatlarini, tomonlarga yuklangan vazifalarni sifatli va mahoratli bajarilishini taʼminlash uchun zarur huquqiy asoslarni yaratishdan iborat.

    Oʼzaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik munosabatlari Oʼzbekiston Respublikasining “Yoʼl harakati xavfsizligi toʼgʼrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʼgʼrisida”gi, “Jamoatchilik nazorati toʼgʼrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi qonunlariga asoslangan holda amalga oshiriladi.

    Memorandumga koʼra, tomonlar hamkorlikda yoʼl harakati ishtirokchilari boʼlgan isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish borasida jamoatchilik nazoratiga oid turli tadbirlarini oʼtkazish rejalarini ishlab chiqadi va bajaradi.