Vaziyatdan foydalangan jurnalist Aziza Qurbonova undan intervyu olishga muvaffaq boʻldi.
Janob Vuchichga shunday savol berdi:
— Siz ilgari jurnalist boʻlib ishlagansiz. Agar Oʻzbekistonga jurnalist sifatida kelganingizda reportajingizni qanday boshlagan boʻlardingiz?
— Men barcha hamyurtlarimga shunday der edim: aziz yurtdoshlar, men bu mamlakatga avvalroq kelmasdan juda katta xatoga yoʻl qoʻyganman. Imkoningiz boʻldimi, bu mamlakatni koʻrgani keling.
Aleksandr Vuchich Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarni yuksak baholadi va shunday dedi:
— Oʻzbekistonda Hukumatlararo komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtgach, undan soʻng biz Prezident Mirziyoyevni Belgradda iloji boricha tezroq qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Bu bizning boricha yoʻnalishlardagi hamkorligimiz rivojiga kuchli turtki beradi degan umiddaman.








