Ommaviy sport tadbiri Yangi Oʻzbekiston bogʻida boʻlib oʻtdi va unda mingdan ortiq kuch tuzilmalari xodimlari, oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari, professional sportchilar va havaskorlar ishtirok etdi.
Anʼanaga koʻra, musobaqaning birinchi bosqichi 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Ikkinchi bosqich esa may oyida, Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab tashkillashtiriladi.
Musobaqa nizomiga koʻra bahslar kuch tuzilmalari jamoalari jamoaviy hamda yakkalik yoʻnalishlarida oʻzaro bellashdi. Bundan tashqari harbiy oliy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida ham ham xuddi shu ikki yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar nomlari aniqlandi. Harbiy xizmatchilar 3 va 10 kilometrlik masofada startga chiqib, harbiy oliy taʼlim muassasalari sharafini oltita, yettita jamoa esa kuch tuzilmalari sharafini himoya qildi.
Qiziqarli va murosasiz oʻtgan bellashuvlar yakuniga koʻra Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari koʻplab yoʻnalishlarda sovrindorlar qatoridan joy oldi. Buning natijasida erkaklar oʻrtasida 10 kilometrga yugurish boʻyicha barcha sovrinli oʻrinlar ular tomonidan zabt etildi.
Shuningdek, qizlar oʻrtasida ham birinchi oʻrin Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan Hayitxon Abdumannopovaga nasib etdi. 3 kilometrlik va boshqa bir qator nominatsiyalar boʻyicha oʻnga yaqin sovrinli oʻrinlar ham aynan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilariga tegishli boʻldi.