Saylov uchastkasi ertalabki sakkizdan boshlab saylovchilar bilan gavjum edi. Hatto ayrim fuqarolar sal vaqtliroq ham kelib, ovoz berish vaqtini kutib turgan ekan.

Bu shahrimiz fuqarolari o'z kelajagi, farzandlari baxtu iqboli, farovon hayoti uchun mas'uliyatni his qilayotgani namunasidir. Hozirgacha shahrimizning 51 foizdan ziyod saylovchisi muhim siyosiy jarayonda o'z tanlovini amalga oshirgani ham fikrimiz tasdig'idir.

Ta'kidlash kerakki, bu yilgi Prezident saylovi fuqarolarning faol ishtiroki va ochiqlik, shaffoflik tamoyillari, demokratik talablar asosida bo'lib o'tmoqda.

Shunday ekan, har birimiz o'z ovozimiz bilan kelajagimiz poydevoriga mustahkam asos qo'yaylik.

Aziz yurtdoshlar, men o'z tanlovimni amalga oshirdim. Siz ham shoshiling. Zero, har birimizning ovozimiz ertangi hayotimiz kafolati sifatida bo'y ko'rsatadi.

Ravshan DASTIROV,

Xalqaro  belbog'li kurash federatsiyasi (IBW) vitse-prezidenti,

O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi,

Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi