Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkiyaga safari davomida Mehmet Bozdag' taklifiga binoan, Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Kerimov bilan birgalikda “Bozdag’ film” kinokompaniyasining suratga olish maydonchasida ham bo'ldi.
Aytish mumkinki, o'zbek kinomuxlislari qalbidan chuqur joy olgan "ertug'rul", “ertug'rul Dirilish”, ”Qurilish.Osman”, “Mendirman Jaloliddin” kabi tarixiy seriallar tasvirga olingan ushbu maydonga kirgan kishi o'zini o'tmishga tushib qolgandek his qiladi. Beixtiyor ko'z oldingizda o'sha davr gavdalanadi.
Ana shunday taassurotlardan so'ng, Mehmet Bozdag' bilan “Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi mavsumini suratga olish haqida ham fikr-mulohazalar almashildi.