“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

    Ta'lim 17 Oktabr 2025 1406

    Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichiga start beriladi.

    Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, 1-bosqich doirasida 1-, 2- va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 987 ta maktab ishtirok etadi.

    Bunda:

    • 22–31-oktabr kunlari — loyihalarni shakllantirish;
    • 1–10-noyabr kunlari — loyihalarni saralash;
    • 11–20-noyabr kunlari — ovoz berish bosqichlari oʻtkaziladi.

    “Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.

    Maʼlumot uchun: 3 va 5-toifaga kiritilgan tuman (shahar)lar joriy yilning dekabr–2026-yil yanvar oylarida “Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichida ishtirok etadi.

    Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 112 ta tuman roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

    Roʻyxat