Tanlovda yoshi, kasbiy faoliyatidan qatʼiy nazar barcha fuqarolar, xorijdagi vatandoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilar 28-avgustga qadar ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram)dagi oʻz sahifalariga Oʻzbekiston bilan bogʻliq eng qadrli xotiralari, taassurotlari (yodgorliklar, tarixiy bino yoki buyum, duch kelgan qiziqarli hodisalar, shaxsiy muvaffaqiyatlar yoki erishgan natijalari, oilaviy yoki doʻstlar davrasidagi suratlar) aks etgan foto yoki videolarni joylashtirish lozim. Surat va video ostiga #MenUchunQadrli, #Senyu xeshteglaridan foydalanib hamda “Yuksalish” umummilliy harakati (@uzbyuksalish)ni belgilab, qisqa izoh-taʼrif yozish talab etiladi.

Eʼlon qilingan foto va videolar tanlov tashkilotchilari tomonidan kuzatib boriladi, eng faol hamda noodatiy ishlar OAV orqali keng jamoatchilikka namoyish etiladi.
Bundan tashqari, 20 ta eng qiziqarli va ommabop foto va videolar 28-avgust soat 20:00da ovozga qoʻyiladi. Ovoz berish jarayoni 1-sentyabr soat 11:00da yakunlanadi. Gʻolib va sovrindorlarga quyidagi sovgʻalar beriladi:
1-oʻrin — noutbuk;
2-oʻrin — planshet;
3-oʻrin — smartfon.

Shu tariqa bir-birimizni bayram bilan tabriklaymiz va yaxshi kayfiyat ulashamiz. Bu bizga Vatanimiz qanchalik aziz va u bilan bogʻliq lahzalarimiz qadrli ekanini bildirishga, jamiyatda oʻzaro hamjihatlikni koʻrsatishga imkon beradi. Mustaqillik kuni bayramini keng nishonlashga Siz ham oʻz hissangizni qoʻshing.

*Tanlovga zoʻravonlik, toqatsizlikni targʻib qiluvchi, fuqarolar hurmat-izzatiga putur yetkazuvchi foto va videomateriallar qabul qilinmaydi.

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati