Tovar moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro M.Z. boshqaruvidagi “Mercedes-benz vito” rusumli avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, avtoulov yukxonasida bojxona nazoratidan yashirilgan, hech qanday hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati salkam 6 580 000 soʻmlik
112 dona sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.