Bunga Germaniyadagi hukmron partiya — “Xristian-demokratik ittifoqi” yigʻilishi sabab boʻlgan. Manbaga koʻra, kansler ushbu tadbirda qatnashishi lozim edi.
Nashrning yozishicha, Merkel sobiq “Berlin-Tempelhof” aeroporti hududida tashkil etilgan tibbiy markazda emlanishi kerak edi. Uning “AstraZeneca” (Buyuk Britaniya-Shvetsiya) kompaniyasi vaksinasi bilan emlanishi rejalashtirilgan edi.