Film joriy yilning 9–13-sentabr kunlari Pokistonda oʼtkaziladigan “Gandhra Independent Film Festival” (GIFF) xalqaro kinofestivalida qatnashadi.
“Meros” filmi qozoq va oʼzbek xalqlarining eʼtiqod birligi, anʼanalari va koʼp asrlik doʼstligi haqida hikoya qiladi. Stsenariy muallifi va rejissyor – Hilol Nasimov, postanovkachi operator – Husan Аliyev.
Shuni ham taʼkidlash joizki, film joriy yilning may oyida Rossiyada boʼlib oʼtgan “Zolotoy Vityaz" kinoforumida “Qozoq va oʼzbek xalqlari oʼrtasidagi anʼana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun” maxsus diplom bilan taqdirlangan. Shu bilan birga iyul oyida Hindistonda oʼtkazilgan “Oltin tulpor”(“Golden Horse Film Festival”) Xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy film” va “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyalari boʼyicha gʼolib boʼlgan edi.
Maʼlumot uchun, GIFF Pokistonning birinchi raqamli kinofestivali boʼlib, bir necha yillardan buyon oʼtkazib kelinadi hamda dunyo boʼylab qator toʼliq va qisqa metrajli filmlar qabul qilinib, turli nominatsiyalar boʼyicha taqdirlanadi.