“Mersedes Bens”dagi spirtni yashirin aylanmasi fosh boʻldi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bojxona nazoratini chetlab oʻtishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

    Jumladan, Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida spirt mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazishdi.

    Tezkor tadbir davomida fuqaro Q.A boshqaruvidagi “Mersedes Bens” rusumli avtomashina tadbir ishtirokchilari va xolislar tomonidan koʻzdan kechirildi.

    Koʻzdan kechirish davomida, avtomashinada fuqaro T.B ga tegishli boʻlgan koʻk rangli yelim idishlarda, sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 46,2 million soʻmlik jami 1540 litr spirt borligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.