Messi Amerika Kubogida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchiga aylandi

    Argentina Amerika kubogining ochilish o'yinida Kanadani 2:0 hisobida mag'lub etdi.

    O'yin Atlanta shahrida (Jorjiya, AQSh) bo'lib o'tdi.

    Gollarga Julian Alvares (49-daqiqa) va Lautaro Martines (88-daqiqa) mualliflik qilishdi.

    Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika Kubogidagi 35-uchrashuvini o'tkazdi va bu ko'rsatkich bo'yicha turnir rekordchisiga aylandi. Argentinalik futbolchi bu borada chililik darvozabon Serxio Livingstonni (34) o'tib ketdi. Kanadaliklar bilan o'yinda Messi golli uzatmani amalga oshirdi.

    Argentina va Kanada terma jamoalari “A” guruhida to'p surmoqda. Keyingi o'yinda argentinaliklar chililiklarga, kanadaliklar peruliklarga qarshi maydonga tushishadi. O'yinlar 26-iyun kuni bo'lib o'tadi, deb xabar beradi report.az.