“Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin.
Maʼlumki, “Barselona”dagi oʻtgan yilgi mojarolardan soʻng futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi “PSJ” rahbariyati bilan oʻgʻlining Parijga koʻchib oʻtishi masalasida uchrashuv oʻtkazishi lozim edi. Biroq Kataloniya klubiga Joan Laporta prezident boʻlib saylangach, Messiga yangi shartnoma taklif etilishi maʼlum qilindi va “PSJ” masalasi kun tartibidan tushib qoldi.
Cadena SERʻning xabar berishicha, Leonel yozda klubda qolish masalasida qanday qarorga kelishidan qatʼi nazar, ikki yildan keyin AQSHning “Inter Mayami” klubiga oʻtishi aniq. Messi 2023-yilda Mayamiga oʻtish masalasida klub egasi Devid Bekhem bilan kelishuvga erishgan.