Leonel Messi hayotining va futbolchilik faoliyatining asosiy qismi “Barselona” klubi bilan bogʻliq. Ayni paytda esa u Parijda yashab, PSJ sharafini himoya qilyapti. Lekin uning Barselonani qoʻmsayotigani haqiqat.

El Chiringuito nashri jurnalist Eduardo Indaning maqolasini chop etdi.

“PSJ hujumchisi Lionel Messi Xaviga qoʻngʻiroq qilib, “Barselona”ga qaytish imkoniyati haqida soʻradi.

Messining Xavi bilan munosabati yaxshi, ular birgalikda koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritishgan. Leo oʻzini Parijda noqulay his qilmoqda. U dastlab bir necha oy mehmonxonada yashadi, uning oilasi hali ham Fransiyadagi hayotga moslashmagan”, deb yozadi jurnalist.

Maqolada aytilishicha Xavi Leoning qoʻngʻirogʻidan xursand boʻlgan. Agar qaytmoqchi boʻlsa, klub prezidenti Joan Laportaning oʻzi bilan gaplashishi lozimligini aytgan.

Maʼlum boʻlishicha, Laporta hozircha Messiga qoʻngʻiroq qilmagan. Hujumchi klubdan ketgach ular oʻrtasidagi munosabatlar biroz taranglashgan.