Lionel` Messi haqida o'z fikrini bildirar ekan, yangi murabbiy shunday dedi:
“Men Messini ko'ndirish masalasida u bilan gaplashamanmi, yo'qmi buni bilmayman. U – dunyoning eng yaxshi futbolchisi va siz hamisha jamoangizda eng zo'r futbolchilar o'ynashini xohlaysiz. SHaxsan men Messi bilan bajonidil ishlagan bo'lardim. U klubga g'alabalar olib keladi. Agar u jamoada qolishga qaror qilsa, men bundan juda ham xursand bo'lgan bo'lardim”, - deydi gollandiyalik mutaxassis.
“Barselona”da yuzaga kelgan inqirozdan so'ng Messi jamoadan ketishi haqida juda ko'p xabarlar chop etilmoqda. Aslida uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa yana bir yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.