Messi nima uchun “Barselona”ga qaytmaslikka qaror qilganini tushuntirdi

    “Inter Mayami” klubiga o'tishini e'lon qilgan argentinalik hujumchi Lionel Messi nima uchun “Barselona”ga qaytmaganini tushuntirib berdi.

    “Men “Barselona”ga qaytishni juda xohlardim, lekin boshimdan kechirgan holatlarga qayta tushib qolishni, nima bo'lishini kutishni va kelajagimni boshqa birovning qo'liga topshirishni xohlamadim. O'zim va oilam haqida o'ylab, o'zim qaror qabul qilishni xohladim.

    La Liga mening o'tishimni ma'qullaganini eshitdim, ammo hal qilinishi kerak bo'lgan boshqa muammolar ham ko'p edi. Eshitishimcha, klub futbolchilarni sotishi yoki maoshlarini kamaytirishi mumkin edi. Men bunday mas'uliyatni o'z zimmamga olishni xohlamayman. “Barselona”dagi faoliyatim davomida meni haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ko'p narsalarda ayblashdi va men buni boshqa boshdan kechirishni istamasdim”, dedi futbolchi.

    Messi, shuningdek, oilasi haqida ko'proq o'ylashni, har kuni bolalar quvonchini ko'rishdan zavqlanishni istayotganini ta'kidladi, deb xabar beradi tengrinews.kz.

    Argentinalik futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida: “Pul hech qachon men uchun birinchi o'rinda bo'lmagan. Agar gap pul haqida bo'lganda, Saudiya Arabistoniga yoki boshqa joyga borgan bo'lardim. Pul haqida o'ylamasdan bir qarorga keldim”, dedi.