Messi “Barselona”ni tark etmoqchi

    Sport 3 Iyul 2020 1481

    Kecha oqshom “Barselona” sardori Lionel Messi 2021-yili jamoani tark etishi haqida bir qarorga kelganligini aytgan.

    Cadena Ser internet saytining maʼlum qilishicha,. 33 yoshli argentinalik futbolchi bu haqda kecha jamoadagi eng yaqin doʻstlaridan biriga bildirgan. Uning soʻzlariga koʻra, Messi «Barsa»ning ichki ziddiyatlardan charchaganligi, jamoadagi ayrim kamchiliklar aynan uning gardaniga tushayotganidan norozilik bildirgan hamda 2021-yildan jamoada boʻlmasligini, shartnoma muddatini uzaytirmaslik istagida ekanligini aytgan.

    Messining bu bayonotidan bir muncha muddat avval esa “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu mavsum avvalida 120 mln yevroga xarid qilingan 29 yoshli fransuz Antuan Grizmanning jamoaga moslasha olmaganidan norozilik bildirgandi. “Barselona” safida 43 ta oʻyin oʻtkazib, 14 ta gol urgan Grizmanning natijalaridan norozilik bildirayotgan Bartomeu Messining qaroridan soʻng qanday ahvolga tushishi hozircha nomaʼlum.

    Oʻzining butun mashhurlik “shohsupasi”ni “Barselona”da oʻtkazgan Messining shartnoma muddati 2021-yilgacha belgilangan boʻlib, joriy yil davomida shartnoma uzaytirilishi lozim edi.

    Biroq kecha oqshom Messining bu qarorga kelishi koʻpchilik uchun kutilmagan “sovgʻa” boʻlishi shubhasiz.

    Toʻlqin ROʻZIYEV.