Messining futbolkalari kimoshdi savdosiga qo'yiladi

    Futbol bo'yicha Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining 2022-yilgi jahon chempionatida kiygan futbolkalari kimoshdi savdosiga qo'yiladi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, ular 10 million dollargacha baholanishi kutilmoqda. Futbolkalar – oltita.

    “Ular mashaqqatli mehnat va chiroyli o'yinga bo'lgan cheksiz ishtiyoqning ramzidir. Messining 2022-yilgi jahon chempionatidagi yo'li oson bo'lmagan, shu bois bu g'alaba futbolchilar va muxlislarni ilhomlantirdi”, deyiladi London auksionida.

    Qayd etilishicha, futbolkalar to'plami, jumladan, 18-dekabr kuni Messi jahon chempionati finalida kiygan futbolka kimoshdi savdosiga qo'yilgan eng qimmat sport buyumlari kolleksiyasiga aylanishi mumkin.

    Yig'ilgan mablag'ning bir qismi kam uchraydigan kasalliklarga chalingan bolalarni davolashga sarflanadi.

    Kimoshdi savdosi 30-noyabrdan 14-dekabrgacha davom etadi, deb xabar beradi korrespondent.net.