Mesxetiya davlat drama teatri bilan memorandum imzolandi

    Madaniyat 27 Dekabr 2021 1412

    Gruziya davlati san'atkorlari bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi.

    Gruziya Respublikasining teatr arboblari uyushmasi taklifiga koʻra joriy yilning 21-25-dekabr kunlari Gruziya Respublikasida xizmat safarida boʻlib turgan Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri direktori Botir Tugalov Gruziya Respublikasi poytaxti Tbilisi, Ozurgeti va Axalsixe shaharlarida boʻlib ularning boy madaniyati hamda mazkur shaharlarda mavjud davlat teatrlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Bundan tashqari? Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri hamda Gruziya Respublikasining Axalsixe shahridagi Mesxetiya davlat drama teatri bilan doimiy ijodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri direktori B.Tugalov hamda Mesxetiya davlat drama teatri Badiiy rahbari N.Suluashvili tomonidan ikki tomonlama memorandum imzolandi.