The Wall Street Journal nashri ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyadagi ommaviy ishdan bo‘shatish haqida rasmiy xabar chorshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ayni paytda Meta xodimlari soni 87 ming kishini tashkil etayotir. Shu bilan birga, ishdan bo‘shatilishi mumkin bo‘lgan xodimlar soni ma’lum emas.
Ta’kidlanishicha, bu kompaniya tarixidagi birinchi ommaviy ishdan bo‘shatishdir. Nashrning yozishicha, bu qaror Meta rahbariyatining xarajatlarni o‘n foizga kamaytirish niyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.