Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 55,2 trln. so'm qiymatga teng bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. O'tgan yilning shu davriga nisbatan mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 103,7 foizni tashkil etdi.
Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati (56,7 %), Toshkent viloyati (36,2 %) hamda Toshkent shahri (5,6 %) hissasiga to'g'ri keldi.
Ma'lumot o'rnida, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 859,4 mln. AQSH dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu respublika umumiy eksport hajmining 6,9 foizini tashkil etdi.