Metan toʻldirish shoxobchalari faoliyatiga kiritilgan cheklovlar vaqti maʼlum qilindi

    “Hududgaztaʼminot”ning hududiy filiallari maʼlumotiga koʻra, hokimliklar bilan kelishilgan holda qaror asosida avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etildi.

    Maʼlumotlarga qaraganda, metan gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti quyidagicha belgilab qoʻyildi:

    • Toshkent shahri — 78 ta metan zapravka soat 06:00 dan 23:00 qadar;
    • Andijon viloyati — 143 ta zapravka 05:00 dan 17:00 qadar;
    • Namangan viloyati — 134 ta zapravka 05:00 dan 17:00 qadar;
    • Fargʻona viloyati — 173 ta zapravka 06:00 dan 18:00 qadar;
    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 124 ta zapravka 06:00 dan 18:00 qadar;
    • Sirdaryo viloyati — 53 ta zapravka 06:00 dan 18:00 qadar;
    • Buxoro viloyatida —95 ta zapravka 6.00 dan 19.00 ga qadar
    • Navoiy viloyati — 51 ta zapravka 06:00 dan 19:00 qadar;
    • Xorazm viloyati — 94 ta zapravka 05:00 dan 17:00 qadar;
    • Surxondaryo viloyati — 106 ta zapravka 06:00 dan 17:00 qadar;
    • Qashqadaryo viloyati — 116 ta zapravka soat 05:00 dan 17:00 ga qadar.

    Maʼlum qilinishicha, cheklovlar aholi va korxonalarni gaz bilan uzluksiz taʼminlash hamda mavjud tarmoqlarda barqarorlikni saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.