Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Fargʻona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz (yoqilgʻi) bilan uzluksiz taʼminlash hisobga olinadi. Yaʼni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shu bois, gaz taʼminotidagi umumiy holat, bosim darajasi va isteʼmol hajmidan kelib chiqqan holda “metan zapravkalar”ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barcha sohalarda barqaror taʼminotni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.








