Bu haqda Energetika vazirligi muhim axborotni eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, qoʻshni davlatdagi gaz tarmogʻida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargan.
Shu sababli vazirlik zarur choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi.
"Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini (maktab, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy taʼlim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
Bu zaruriy choralar vaqtincha boʻlib, gaz bosimini meʼyorga keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotganini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.
Holat haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.








