Shuni inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida respublikadagi barcha avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.
AGTKSHlar faoliyatiga kiritilgan cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin “zapravka”larga avtobenzin mahsulotlarini qoʻshimcha miqdorlarda yetkazib berilishi taʼminlanadi.
Isteʼmolchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar imkon qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini soʻraymiz.
AGTKSHlar faoliyatida oʻzgarishlar kuzatilsa, qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.