Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi erkin iqtisodiy zona — “Metanol oroli”, deya ataluvi hududda qurilajak ushbu inshoot yiliga 1,34 million tonna quvvatga ega boʻladi va Oʻzbekistonda metanoldan olefin ishlab chiqarish buyicha gaz-kimyo majmuasi tarkibiga kiradi.
Zavod 15 gektar maydonni egallaydi. Uni 2025-yilda ishga tushirish moʻljallangan boʻlib, ekspluatatsiya muddati - 25 yil.
Oʻzbekistondagi MTO gaz-kimyo majmuasi mamlakatda qazib olinib, qoʻshilgan qiymat koʻrsatkichlari past boʻlgan tabiiy gazni yuqori darajadagi qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida chuqur qayta ishlash uchun moʻljallangan boʻlib, yiliga ishlab chiqarish quvvati 1 million 110 ming tonnadir.
MTO gaz-kimyo majmuasi quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan:
- Polipropilen (yiliga 250 000 tonna) – sunʼiy tolalar, elektrotexnika mahsulotlari va avtomobil qismlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi;
- Past zichlikdagi polietilen (yiliga 80 000 tonna) - quvurlar, izolyatsiya materiallari, qadoqlash va oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallangan kleyonka hamda va shakl andozalarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi;
- Etilenvinilatsetat (yiliga 100 000 tonna) – pol qoplamalari, poyafzal va sport uskunalarini ishlab chiqarishda ishlatiladi;
- Polietilen tereftalat (yiliga 300 000 tonna) – idishlar, pleyonka va sintetik tolalarni ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin;
- Yuqori zichlikdagi polietilen (yiliga 280 000 tonna), undan quvur va armatura, bochkalar va yenilgʻi qutilari, muzlatgich idishlari, himoya dubulgʻalari, mebel jihozlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Zavod qurilishi yakunlangach, “Metanol oroli” hududida quyidagi ishlab chiqarish quvvatlari joylashadi:
- asosan, vodorod, kislorod va azot ishlab chiqariladigan vodorod ishlab chiqarish va havo ajratish qurilmalari;
- sintetik gaz ishlab chiqarish va uni metanolga aylantirish uchun moʻljallangan metanol qurilmasi. Jarayon “Haldor Topsoe” kompaniyasi texnologiyasiga asoslanadi.