Virtual maktabda Yaponiya taʼlim tizimi asosida o‘quvchilar ta'lim oladi, biroq asosiy e'tibor kibersport va raqamli texnologiyalar bilan bogʻliq fanlarga beriladi.
Har bir o‘quvchi mustaqil ravishda sinfda o'zini namoyon qiluvchi virtual avatarni tanlashi mumkin. Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, bunday yondashuv o'smirlar qulay uy sharoitida, tashqi ko'rinishi haqida qayg'urmasdan va har xil komplekslarni boshdan kechirmasdan o'zlarini erkin his qilishlariga yordam beradi.
Maktabda konsultatsiya, kibersport turnirlari, madaniy tadbirlar, festivallar va boshqa maktab tadbirlari o‘tkaziladi. Tashkilotchilar har kimga individual yondashish, shuningdek, qo'shimcha kurslar va Tokio universitetiga kirish uchun ta'lim dasturlarini ham va'da qilmoqda. O‘qishni tugatgandan so‘ng ular o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnomani oladi.