Sentabr
Oylik havo harorati koʻp yillik oʻrtacha iqlimiy meʼyordan 1-1,5 daraja yuqori kelishi, bir soʻz bilan aytganda, oy issiqroq boʻlishi prognoz qilinmoqda. Yogʻinlar meʼyor atrofida va meʼyordan kam boʻlishi mumkin.
Oktabr
Sinoptiklar mazkur oyda oylik oʻrtacha havo harorati respublika boʻylab iqlimiy meʼyor atrofida boʻlishini maʼlum qilgan.
Oyning ikkinchi yarmidan birinchi "sovuq urish" hodisasi roʻy berib, baʼzi hududlarda tunda havo harorati -2 darajagacha pasayib ketishi ogohlantirilgan. Yogʻinlar meʼyor atrofida va undan koʻproq boʻlishi taʼkidlangan.
Noyabr
Oy davomida havo harorati meʼyor atrofida, ammo yogʻinlar meʼyordan biroz kam, kuzning soʻngi oyi biroz quruqroq oʻtishi kutilmoqda.
Hozirda uzoq muddatli ob-havo prognozlarining yuqori ishonchli usullari mavjud emas, shuning uchun mavsumiy prognozlarni maslahat tarzida qabul qilish tavsiya etiladi.