Metro bekatida poyezd ishlamay qoldi — nega?

    Voqea-hodisalar 7 Fevral 2024 1177

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Amir Temur xiyoboni bekatida poyezd ishlamay qoldi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

    Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni quyidagilarni maʼlum qiladi:

    Joriy yil 7-fevral soat 08:55 larda Chilonzor yoʻnalishining “Hamid Olimjon-Amir Temur xiyoboni” peregonida harakatlanayotgan 10-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Buning natijasida, ushbu harakat tarkibi 3 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan. Shu sababli ortdan kelayotgan 4-sonli harakat tarkibi bilan tirkamaga olingan holda harakat tarkibi tekshiruv yoʻlagi tomon yuborilgan.

    Hozirgi vaqtda yoʻnalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilyapti, deb xabar beradi “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi matbuot xizmati.

    Shuningdek, ushbu xabar orqali keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yoʻlovchilardan uzr soʻralgan.