Mexikoda metro ko'prigi qulab tushdi

    Meksika poytaxti Mexiko shahrida halokat sodir boʻldi.

    Shahar metrosi oʻtgan koʻprik qulab tushdi. Bu paytda koʻprikdan metro poezdi oʻtayotgan edi.

    Dastlabki maʻlumotlarga qaraganda, halokat natijasida 20 yoʻlovchi vafot etgan, 70 nafardan koʻproq yoʻlovchi turli darajada tan jarohati olgan. Ayni paytda holokat sodir boʻlgan joyda qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda.