Metroda chaqaloq dunyoga keldi

    Hozirda ona va chaqaloqning sogʻligi yaxshi, ular shifoxonaga yetkazilgan.

    Shu yilning 6-oktyabr kuni Gʻafur Gʻulom metro bekatida poyezdlarni kutib olish va joʻnatish boʻyicha navbatchi xodima — Maxamadjonova Naimaga xizmat davomida bekat oʻtish yoʻlagidagi ichki ishlar xodimi tomonidan yoʻlovchi ayolning holati boʻyicha xabar berilgan.

    Bir lahzada vaziyatni toʻgʻri baholagan Naima Maxamadjonova xizmat davomida oʻziga oʻrgatilgan maxsus bilimlar va koʻnikmalarni ishga solgan holda birinchi yordam koʻrsatib, voqea joyida ayolning farzandini sogʻ-omon dunyoga keltirishiga yaqindan koʻmaklashdi hamda chaqaloq sogʻligi uchun kerakli yordamlarni (kindik qismi bogʻlanib, yangi tugʻulgan chaqaloq nafas olish refleksini faollashtirgan) koʻrsatgan.

    Bu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirildi. Tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar (taxmiman 10 daqiqa) xodimlar tomonidan ona va chaqaloq holatini nazorat ostida ushlab, ularning xavfsizligini taʼminladi.

    Hozirda ona va chaqaloqning sogʻligi yaxshi, ular shifoxonaga yetkazilgan.