Bugungi kunda yangi Sergeli metro yoʻnalishida yakuniy qurilish-montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, yangi metro yoʻnalishi va uning obyektlari qurilish meʼyorlari va texnik talablariga mos ravishda, belgilangan muddatlarda joriy yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.