Meva-sabzavot eksporti 6,5 foizga koʻpaydi

    2023-yilning dastlabki toʻrt oyida Oʻzbekistondan xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 256,1 million dollarlik 359,2 ming tonna meva-sabzavot eksport qilingan.

    Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 6,5 foiz koʻp, demakdir.

    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning yanvar-aprel oylari uchun meva-sabzavot mahsulotlari eksporti boʻyicha olib borgan oʻrganishlariga koʻra, eksportda qiymat jihatidan eng katta ulushni mosh (13,7 foiz), mayiz (10,4 foiz), quritilgan qora olxoʻri (7 foiz), pomidor (6,1 foiz), karam (5,1 foiz), uzum (4,3 foiz), piyoz (4,3 foiz), anor (3,3 foiz) egallaydi.

    Ushbu davrda eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 3,3 foizni tashkil etgan.

    Rossiya (27,4 foiz), Pokiston (20,6 foiz), Xitoy (16,3 foiz), Qozogʻiston (13,9 foiz), Afgʻoniston (2,4 foiz), Qirgʻiziston (2,4 foiz), Belarus (2 foiz), Turkiya (1,9 foiz), Iroq (1,5 foiz) va Eron (1,2 foiz) Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlaridir.