Investitsiya dasturi doirasida qurilgan yangi taʼlim dargohi 240 oʻringa moʻljallangan boʻlib, uning qurilish-taʼmirlash ishlariga davlat byudjetidan 2 milliard 450 million soʻm mablagʻ sarflandi. Xonalar zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Mazkur taʼlim muassasasiga 31-umumtaʼlim maktabi maqomi berildi.

Oʻquv xonalari zamonaviy mebel va zarur oʻquv jihozlari bilan taʼminlangan, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.