Xususan, sudning qarorlariga asosan qarzdor «Forish Agro Aziya» MCHJ hisobidan davlat byudjetiga jami 195.2 mln soʻm davlat boji undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari Byuroning Jizzax shahar boʻlimi ish yurituvida mavjud.
Qarzdor «Forish Agro Aziya» MCHJ ning mol-mulklarini aniqlash maqsadida vakolatli tashkilotlarga soʻrovnomalar yuborilib, korxonaning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solingan va inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining olib borgan saʼy-harakatlari natijasida qarzdor «Forish Agro Aziya» MCHJ hisobidan davlat byudjetiga 195.2 mln. soʻm qarzdorlik toʻliq undirilishi taʼminlandi.
***
M.Urdushev bilan turmush oʻrtogʻi oʻrtasida oʻzaro yuzaga kelgan kelishmovchilik bois, F.Urdusheva sudga murojaat qiladi va sudning qarori qabul qilinadi .
Shundan soʻng, Byuroning Sh.Rashidov tuman boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining 08.11.2018-yildagi qarzdor M.Urdushevdan undiruvchi F.Urdusheva foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati kelib tushadi.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor M.Urdushevdan undiruvchi F.Urdusheva foydasiga jami 32 mln 362 ming soʻm aliment pullari undirilishi bilan birgalikda hamkor tashkilotlar bilan qilingan tushuntirish ishlari natijasida ushbu oila yarashuviga ham erishildi.
Oʻylaymizki, ushbu oila farzandlari kelgusida odobli, bilimdon va aqlli hamda mehnatsevar boʻlib voyaga yetadi.
***
Byuroning Zafarobod tuman boʻlimi ish yurituvida sud qarorlariga asosan qarzdor «Zafarabod paxta tozalash» AJ hisobidan undiruvchilar davlat foydasiga 11.876.870 soʻm davlat boji, «Jizzaxneftbaza» UK foydasiga 47.043.100 soʻm qarz, “Tarozi klass” MCHJ foydasiga 19.418.948 soʻm qarz, «Tex-servis» MCHJ foydasiga 20.577.453 soʻm qarz, “Jizzax viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” boshqarmasi foydasiga 12.528.734 soʻm qarz, “Jizzax qurilish trans“ MCHJ foydasiga 19.073.327 soʻm qarz, ”Begali trans servis“ MCHJ foydasiga 4.251.966 soʻm qarz, ”Imkon omad servis” MCHJ foydasiga 42.892.720 soʻm qarz, Zafarobod tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1.575.883.413 soʻm soliq qarzi jami 1.753.546.531 soʻm qarzdorliklar undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari mavjud.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida yuqorida koʻrsatilgan qarzdorlik 23.06.2020-yilda qarzdor «Zafarobod paxta tozalash» AJdan toʻliq undirildi va undirilgan mablagʻlar shu kuning oʻzida tadbirkorlarning tegishli hisob raqamlariga oʻtkazilishi taʼminlandi.
Majburiy ijro byurosi
Jizzax viloyat boshqarmasi
matbuot xizmati