Baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga keladi. Oilalarda totuvlik muhitini taʼminlashda turli davlat va nodavlat tashkilotlar qatorida Majburiy ijro byurosi faoliyati ham alohida oʻrin tutadi. Xususan, Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi organlari tomonidan bir kunda yetti oila yarashtirilishi buning yaqqol misolidir.
Jumladan, byuroning Romitan tumani boʻlimi ish yurituvida boʻlgan fuqarolik ishlari boʻyicha Peshkoʻ tumanlararo sudining 2019-yil 26-noyabrdagi qarzdor K.Xolliyevdan undiruvchi S. Murodova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish;
— fuqarolik ishlari boʻyicha Romitan tumanlararo sudining 2014-yil 2-iyuldagi qarzdor U.Shoyimovdan undiruvchi N.Boltayeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish;
— fuqarolik ishlari boʻyicha Romitan tumanlararo sudining 2021-yil 7-iyuldagi qarzdor X.Xasanovdan undiruvchi Sh.Gʻafurova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa barcha turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida;
— fuqarolik ishlari boʻyicha Romitan tumanlararo sudining 2021-yil 21-maydagi qarzdor X.Safarovdan undiruvchi R.Amonova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment hamda farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar taʼminot undirish;
— Gʻijduvon tumanida fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻijduvon tumanlararo sudining 2021-yil 12-martdagi qarzdor J.Karimovdan undiruvchi O.Nazarova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun har oy jami daromadining ¼ qismi miqdorida;
— fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻijduvon tumanlararo sudining 2020-yil 2-iyundagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor Sh.Saidovdan undiruvchi M.Adizova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish bilan bogʻliq ijro hujjati boʻyicha taraflar oʻrtasida yarashtirish chorasi koʻrilib, oilalar tiklandi.
Kogon tumanida fuqarolik ishlari boʻyicha Kogon tumanlararo sudining 2021-yil 17-martdagi qarzdor B.Nabotovdan undiruvchi Z.Majitova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun har oy jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish ijro hujjati yuzasidan 4 mln 716 ming soʻm aliment pullari undirilib, er-xotin yarashtirildi. Yarashgan oilalar bugungi kunda voyaga yetmagan farzandlarini birgalikda ulgʻaytirmoqda.Byuro organlari tomonidan bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda, deb xabar beradi MIB Buxoro viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.









